“Summer field school 2020” o'z ishini boshladi

Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muxandislari insitituti Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakultet, Suv xo‘jaligida ekologiya xavfsizligi yo‘nalishi 306-gurux talabalari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, FAO ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “URMONINVEST”, “Green Future” bilan xamkorlikda “Summer field school 2020” o‘z ishini boshladi.

10 kunlik dala maktabi doirasida “Trails Building Work Shop”, “International planning and design” loyihalari amalga oshiriladi. Ishtrokchilar ekoturizm, o‘rmon turizmi, milliy bog‘lar barpo etish, sayoxat marshurtlarini tashkil etish, sayyoxlarga xizmat ko‘rsatish, o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan rekrasion maqsadlarda unumli foydalanish va turizm saloxiyatini oshirish ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar. Loiha yakunida ishtirokchilar xalqaro diplom va estalik sovg‘alarga xamda eng yaxshi ishtirokchilar xamkor tashkilotlarning biriga ishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dala maktabi barcha sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilgan xolda tashkillashtirilgan. Ishtrokchilarning sog‘ligi doim nazorat ostida.