Yozuvchilar uyushmasi direktorlar kengashi va "Yangi ovoz" Markaziy Osiyo tarixchilari institutimiz professori, tarix fanlari doktori Shohista Oʼljayevani "Turan birimdigi" medali bilan samimiy tabriklash asnosida Oʼzbekiston tarixi va madaniyati taraqqiyotiga sezilarli hissa qoʼshib kelayotgani bilan chin dildan qutlab kelgusi faoliyatida ham muvaffaqiyatlar yor boʼlishini tiladilar. Ushbu samimiy tabriklarni Qirgʼiziston Yozuvchilar uyushmasi direktorlar kengashi raisining oʼrinbosari va "Yangi ovoz" Markaziy Osiyo tarixchilari hamda Qirgʼizistondagi "Аmir Temur" jamoa fondining bosh direktori Monoldorov Joldoshbek Аkilbekovich yoʼllaganlar. Tabrikda, shuningdek, oʼzaro hamkorlik samaralari taraqqiyotimizning muhim omili ekani ham alohida taʼkidlangan.
Institutimiz jamoasi ham oʼzlarining qizgʼin qutlovlarini bildirishdi.
Institut matbuot xizmati