Hindiston elchixonasi hamda Hindiston madaniyat markazi tomonidan O‘zbekiston talabalari uchun 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan stipendiya dasturi elon qilindi. Mazkur stipendiya dasturida O‘zbekiston talabalari uchun 20 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, u ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Loyihada ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
Saralash bosqichi Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi xuzuridagi madaniyati markazida imtihon asosida o‘tkaziladi.
ICCR stipendiya dasturi bilan bog‘liq (yo‘l xarajatlaridan tashqari) barcha (o‘quv mashg‘ulotlari, yashash va oziq-ovqat) harajatlar Hindiston tomonidan qoplanadi.
ICCR stipendiya dasturida qatnashish uchun 2018 yil 09 fevralgacha ro‘yxatdan o‘tish hamda barcha kerakli anketalarni quyidagi veb-sahifalar orqali to‘ldirish talab qilinadi: www.iccr.gov.in yoki http://a2ascholarships.iccr.gov.in
TIQXMMI Xalqaro aloqalar bo‘limi