O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora– tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135–F–son farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 13-yanvar kuni institut atrofidagi “Lashkarbegi” mahallasida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va xarbiy va mehnat faxriylari ishtirokida “Avlodlar uchrashuvi” («Vstrecha pokoleniy») bayram tadbiri tashkil etilib ularga bayram dasturxoni va konsert dasturi tashkillashtirildi. Shuningdek, mazkur tadbirda “Lashkarbegi” mahallasida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Abdullajon Artikbaev va Musin Erik Xarasovichlarga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti rahbariyati nomidan maxsus sovg‘alar topshirildi.
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor
t.f.n., dots.Shovazov Qodirjon Achilovich