Ilg’or usul

Rivojlangan davlatlarda eng ilg'or o'qitish usullaridan biri bu "Teaching others" ya’ni boshqalarni o'qitish deb nomlanadi.

“E va SRB” kafedrasida 4 - bosqich SXM yo'nalishi talabalaridan ON baholari aynan shu usulda qabul qilinmoqda. Talabalar o'zlari yoqtirgan mavzular bo'yicha, mavzuning katta - kichikligiga qarab 1 kishi yoki ikki, uch kishilik guruhlarda ishlab boshqa talabalar va ustozlari qarshisida taqdimot qilib berishdi.

Taqdimot uchun 10 daqiqa va savol - javoblar uchun 5 daqiqa belgilandi. Yakunda esa kimlar ON baholariga loyiq yoki loyiq emasligi talabalar tomonidan belgilandi.

    

“E va SRB” kafedrasi katta o'qituvchisi Ravshan Boyirov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov