Inson xotirasi aziz

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti Ekologiya va Suv resurslarini boshqarish kafedrasi professori Noman Egamberdiyev, Olga Ashurova hamda tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazishdi.

 Noman Egamov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, turli sohalarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, jamiyatning muhim bo‘g‘ini hisoblangan yosh avlod tarbiyasi yo‘lida qilinayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan ayrim muammolarning yechimi, bunyodkorlik ishlari barobarida ogohlik va hushyorlikni yanada oshirib, birgalikda harakat qilish zarurligi haqida gapirdi. Yurtimizdagi har bir xonadon tinch, osoyishta bo‘lishi, fuqarolarimizning xotirjam yashashi, oilalarimizda farzandlarimizning barkamol o‘sishi, ayniqsa, xavfsizlikni ta’minlashda bahamjihat harakat qilish lozimligini uqtirib, hozirgi kunda oldimizda turgan asosiy vazifa -  o‘z fikri, dunyoqarashi, mustahkam e’tiqodiga  ega bo‘lgan, ham jismonan, ham aqlan barkamol bo‘lgan, turli siyosiy buhronlar va illatlarga qarshi kurasha oladigan avlodni tarbiyalash ekanligi to‘g‘risida fikrlar bildirdi.

4 - TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov