Jamiyatning kichik yacheykasi

Oila, turmush, ro‘zg‘or so‘zlari haqida muayyan tushunchaga ega bo‘lsakda, uning mohiyati, muqaddasligi borasida amaliy harakatlarimiz ko‘pincha sust. Mayda - chuyda muammolar va ikir-chikirlarni bahona qilib ajralishga sabab bo‘layotgan noxush hodisalar barchani taajjubga soladi. Shuning uchun oila xususida, nikohning muqaddas ekani unga e’tibor yuksak darajada bo‘lishi borasida talabalarga ma’lumotlar berish zarur.

2018 yil 4 mayda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining talaba qizlari bilan birgalikda "Oilada erta nikohning oldini olish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatida Mirzo Ulug‘bek tumani FXDYo bo‘limi 1-toifali inspektori G.Yuldasheva qatnashdi va ma’ruza qildi.  G.Yuldasheva talaba qizlarga kerakli tavsiyalarni, aniqrog‘i, “Oila” kodeksi to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

 

Institut xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Z. Xafizova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov