Jozibador metodika

Insonning idroki va intellekt darajasini bilish uchun turlcha psixologik o'yin va metodlar bor. Ularni qo'llash bir jihatdan faollik va qiziquvchanlikka undasa ikkinchi tomondan hayot haqida tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

  

30 aprel va 1 may kunlari 2 - TTJ va 3 - TTJ ma'naviyat xonasida Tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom Muxiddinovna talabalar bilan  "Mavjud bo'lmagan hayvon", "Mening tamg'am" metodikalarini o'tkazdilar. "Mavjud bo'lmagan hayvon" metodikasi orqaliy talabaning qay darajada agressivlik holati, o'ziga bergan bahosi, yetishmaydigan xislatlar aniqlanadi. "Mening tamg'am" metodikasi orqaliy talabaning shiori, qiziqishi, ishi, qadrlagan narsasi, maqsadi aniqlanadi. Metodikalar psixologik diagnostika qilindi va talabalarga kerakli maslahatlarni TTJ direktori Yuliyev Zokirjon Qo'shoqboyevich, "GTQ" fakulteti manaviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Azimov Azam Ismoilovich, Tarbiyachi-pedagog Xaitova Azizaxon bilan birgalikda tarbiyaviy maslahat ishlari olib borildi. "GIM", "GTQ" fakulteti talabalari qatnashishdi.

"GIM" fakulteti 406 - guruh talabasi Ummatov Mirsodiq Botirbek o'g'li axboroti,

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.