2018 yil 27 aprel kuni yuqorida qayd etilgan markazning “Kinologiya xizmatlari” bo‘limi boshlig‘i leytenant Inomjon Nasrullaev tomonidan “Kinologiya xizmatini tarixi va roli” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Bunda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda xizmatchi itlarni harakatlari natijasida qanchadan-qancha insonlarning hayoti saqlab qolinganligi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.Talabalar itlar qanday tanlash, tarbiyalash va parvarishlash bo‘yicha ham zarur tushunchalarga ega bo‘ldilar.