Kitobni oftobga qiyos qilamiz. Quyosh nur va issiqlik baxsh etgani kabi kitob qalblarga ana shunday orom va kuch baxsh etadi. Kitobni o‘qishdan maqsad uqish, mutolaadan maqsad mushohadadir.
Institutimizda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 yil 13 sentyabrdagi 3271-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Kitobxonlik va kitob mutolaasini rivojlantirish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining yetakchi xodimi M.Saidxo‘jaev, yosh ma’rifat targ‘ibotchilari I.Ja’farov, M.Mirzaevlar ishtirok etdi.
Yosh ma’rifat targ‘ibotchilaridan I. Ja’farovning kitobxonlik borasida qilgan ma’ruzasi talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir ishtirokchilari tadbir nihoyasida bu singari tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish yaxshi samara berishini ta’kidladilar.
Ma’naviyat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilbaroy Siddiqova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov