Ko‘rgazma namoyishida

Erishilgan yutuq va yangiliklardan voqif qilishning o‘ziga xos usullaridan biri ko‘rgazmalarning tashkil etilishi va namoyish qilinishidir. O‘z tashabbusingiz va tashkilotchilingiz ham sinovdan o‘tkaziladi unda. Ishtirok etish bamisoli dasturxon yozib mehmon chaqirishga o‘xshaydi. O‘zingizning va o‘zgalarning tab’i, salohiyati bilan oshna bo‘lishning ko‘rinishidir u, aslida.

2018 yilning 15-17 mart kunlari Savdo-Sanoat Palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, «Expocontact» kompaniyasi o‘n sakkizinchi xalqaro «Ta’lim va Mutaxassislik» ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Ushbu ko‘rgazmada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Marketing bo‘limi” jamoasi ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘quv yurtlarida, zamonaviy metodikalar asosida ta’lim berishlari bilan tanishtirish, o‘zaro tajriba almashishga ko‘maklashish, shuningdek, yoshlarga va keng ommaga o‘zlarini qiziqtirgan mutaxassisligi bo‘yicha bilim olishlari uchun, o‘quv yurtlarini tanlashga yordam berish ko‘rgazmaning asosiy maqsadidir.

Ko‘rgazmaningo‘ziga xos vazifalariga quyidagilar kiradi:

 

Marketing bo‘limi boshlig‘i Rustam Oymatov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov