Akademik T.N.Qori-Niyoziy nevarasi f.-m.f.n. Shavkat Shavkatovich Qori-Niyoziy va O‘zbekiston Milliy universiteti professori, “Akademik Qori-Niyoziy merosi” Ilmiy-metodik markazi direktori f.-m.f.d. N.Kasimov institutimizga tashrif buyurishdi. Mehmonlarga institut bosh binosi, axborot-resurs markazi va o‘quv laboratoriya xonalari tanishtirildi.
Mehmonlar ingliz tili kursida qatnashayotgan talabalar bilan uchrashdi. Sh.Sh.Qori-Niyoziy talabalar bilan ingliz tilida muloqot qildi va ularning ingliz tilidagi gaplashishini yuqori baholadi. (Sh.Sh.Qori-Niyoziy AQShda matematika fanidan dars bergan). Sh.Sh.Qori-Niyoziyning YeRB fakulteti talabalari va yosh o‘qituvchilari bilan uchrashuvi tashkil qilindi.
Prof. N.Kasimov matematika fanining ahamiyati va respublikamizda bu sohada erishilayotgan yutuqlar haqida talabalarga so‘zlab berdi. Sh.Sh.Qori-Niyoziy 2007 yilda tashkil etilgan “Akademik Qori-Niyoziy merosi” Ilmiy-metodik markazining maqsadi va vazifalari haqida gapirdi. Ilmiy-metodik markaz tomonidan Toshkent shahridagi 3 ta OTM talabalari va 2 ta ITM tayanch doktorantlari uchun “Qori-Niyoziy stipendiyasi” tayinlanadi. Iqtidorli talabalarni xorijiy olimpiadalarda qatnashishga, Rossiyada chiqadigan matematika jurnallariga obuna bo‘lishga va ilmiy anjumanlarni o‘tkazishda amaliy yordam beradi. Toshkent shahridagi OTM talabalari o‘rtasida fan olimpiadasi va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida tanlovlar tashkil qiladi. Sh.Sh.Qori-Niyoziy talabalarni Ilmiy-metodik markaz tomonidan tashkil qilinayotgan matematika fani bo‘yicha o‘tkazilayotgan olimpiadalarda faol qatnashishni ta’kidladi. Ilmiy anjumanlar va halqaro olimpiadalarda qatnashish bo‘yicha takliflar berishni so‘radi. “Qori-Niyoziy stipendiyasi” g‘olibi YeRB fakulteti talabasi J.Aliyarovni tabriklab, o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, Sh.Sh.Qori-Niyoziy va N.Kasimov “Oliy matematika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Matematika sohasidagi dolzarb muammolar haqida fikr almashildi. Sh.Sh.Qori-Niyoziy ilmiy tadqiqot olib borayotgan mustaqil izlanuvchilarga dissertatsiyalarni soha bo‘yicha xorijiy yirik ilmiy markazlarda aprobatsiyalardan o‘tkazish uchun takliflar berish va borib-kelishga amaliy yordam ko‘rsatishini bildirdi.