Korrupsiyaga qarshi kurash omillari

Joriy yilning 3 - fevral kuni Universitetimizdagi yoshlar yetakchilari va guruh sardorlari bilan birgalikda  “Taʼlimda korrupsiyaga oʻrin yoʻq” mavzusida onlayn davra suhbati oʻtkazildi. Davr suhbatida  universitet yoshlar masalalari va maʼnaviy - maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor R.Choriyev, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati A.Toʻlaboyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komleans nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Gapparov, yuristkonsuluslt U. Muratova hamda universitet yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti  yetakchisi Rasulov ishtirok etishdi. Davr suhbatini universitet birinchi prorektori R.Choriyev kirish soʻzi bilan boshlab berdi. U hozirgi kunda universitetimizda korrupsiya illatiga qarshi keskin choralar koʻrilayotganligi va har bir professor oʻqituvchi va talabalar alohida eʼtiborda ekanligini aytib va darslar anʼanaviyga oʻtishi bilan  yuzma-yuz koʻrishib shu xususda yana koʻproq tadbirlar oʻtkazish imkoni borligini eʼtirof etdi.

Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati A.Toʻlaboyev hozirgi vaqtda respublikamiz miqyosida korrupsion holatlarning oldini olish qanday amalga oshirilayotganligi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Aynan taʼlim sohasidagi korrupsion holatlar kechirilib boʻlmasligni taʼkidlab oʻtdi. Korrupsion holatlarning javobgarligi kuchaytirilayotganligi va bu toʻgʻrisida gapirib bir necha qonun hujjatlarini keltirib oʻtdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komleans nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Gapparov bu borada universitetimizda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil toʻtaldi. Bizning maqsadimiz korrupsion holatlarining oldini olishdan iborat deb taʼkidlab oʻtdi. Har bir talaba oʻzining fuqarolik va talabalik burchini toʻliq bajarsa hech qachon salbiy oqibatlarga duch kelmasligini yana bir bora eslatib oʻtdi. Tez kunlarda universitetimizda tashkil etiladigan “Komleans nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi qoshidagi “Yoshlar klubi” faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi. Universitetimz matbuot kotibi R.Jumaniyozov ish faoliyatida korrupsion holatlarga qoʻl urib keyin qattiq pushaymon boʻlgan kimsalar haqida gapirib berdi. Umuman poraxoʻrlik ildizi toʻgʻrisida chuqur izoh berib oʻtdi. Faol talab yoshlarimiz oʻzlarining fikr mulohazalarini bayon etib oʻtishdi. Universitet yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti  yetakchisi Davron Rasulov davra suhbatiga moderatorlik qilish asnosida talaba yoshlarga kelajakda yaxshi mutaxassis boʻlish va ilgʻor korxonalarda ish faoliyati olib borish uchun albatta, yaxshi bilimga ega boʻlish kerakligini  bir necha bor taʼkidlab oʻtdi. Davra suhbati qiziqarli va maroqli tarzda kechdi.

      Universitet matbuot xizmati