O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 29 martdagi Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida”gi 30-Q/Q va 88-Q/Q sonli qo‘shma qarori hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 09.04.2018 yildagi 207 A/F sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida 10 may kuni Uchtepa tumanidagi 297 - sonli umumta’lim maktabida institut va maktablar hamkorligida sport va madaniyat yo‘nalishidagi tadbirlar va o‘rtoqlik uchrashuvlar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish hamda sport ustalari bilan uchrashuvlar tashkil etish maqsadida “QSXEA” fakulteti dekani A.Gapparov, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muovini Sh.Berdiev, fakultet bosh murabbiyi O‘.Xoliqnazarov va fakultetimizda ta’lim olayotgan sport ustalari va she’riy to‘plami nashr qilingan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ayni paytda o‘sha 297 - sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi va 15-20 nafar o‘quvchilari bilan Institutga Ekskursiyaga tashrif buyurishdi. “QSXEA” fakulteti dekan muovinlari R.Yunusov, J.Raximov, Sh.Berdiev va professor – o‘qituvchilar bilan birgalikda Ekskursiya jarayonida institutning rahbariyat, Axborot resurs markazi, ma’ruza zallari va bir qancha laboratoriya va binolariga sayohat qilishdi.
“QSXEA” fakulteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muovini Sh. Berdiev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.