2018 yil 23 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidrologiya” ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga G-413 – o‘quv auditoriyasida GIDROINGEO ilmiy tekshirish instituti yetakchi ilmiy xodim, g.m.f.n. A.Ibragimov tomonidan “O‘zbekiston hududida mavjud yer osti mineral suvlari va ulardan foydalanish” mavzusida muammoli seminar o‘tkazildi.
Shu bilan birga ma’ruzachi bitiruvchi talablarning kelajakda ish faoliyati yuzasidan bergan savollariga javob berdi. Seminar qizg‘in bahs-munozara, savol-javoblar tarzida o‘tdi.
Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi assistenti Dilshod Quvattov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov