Muloqot odobi

 Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir. Abdulla Avloniyning ushbu mulohazalari  bejiz emas.

2 TTJ tarbiyachi- pedagog, psixolog Sagdullaeva Dilorom Muxiddinovna 2-TTJ dars xonasida tarbiyaviy soat olib bordilar. Talabalarning jamoa orasida o'zini tutishi, salomlashish odobi, jamoat transportida o'zini tutish odobi, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo'lish haqida  batafsil gapirib o'tdilar.  Dilorom Muxiddinovna dars so'ngida:  Bir daraxt uchun qancha barg kerak bo'lsa, inson uchun shuncha odob kerak bo'ladi. Kimnidur hurmat qilish yoki qilmaslik - sizning ishingiz.  Muhimi, o'zingizni hurmat qiling, xatti- harakatingiz, atrofdagilarga munosabatingiz orqali tarbiyangiz qay darajada ekanini bilish qiyinmas.  Kishilar bolaning tarbiyasi, madaniyatini ko'rib, ota-onasini olqishlaydi. Buni hech qachon unutmang.

"GIM" fakulteti SXMIM yo'nalishi, Ummatov Mirsodiq Botirbek o'g'li axboroti

Institut matbuot  kotibi Rahimboy Jumaniyozov