Munozara o'yinlari

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti yoshlar yetakchisi Muxlisa Rahmatova tashabbusi bilan boshlangan kuni kecha yilning eng so'nggi loyihasi "Munozara-2018" o'yinlarining fakultet turniri yakunlandi. Unda umumiy hisobda 8 ta jamoa ya'ni, 101- 102- 103- 108- 201- 207- 301- va 302- guruh jamoalari ishtirok etishdi. 12 ta o'yindan so'ng A va B guruhlarda saralash bahslari yakunlandi. Yarim final 101- guruhning "Kelajak iqtisodchilari", 103-guruhning "Auditorlar", 301-guruhning "Iqtisodchi" va 302-guruhning "Taraqqiyot" jamoalari o'rtasida o'tkazildi. Jami 15 ta o'yindan keyin fakultet munozara o'yini g'oliblari aniqlandi. 101-guruhning "KELAJAK IQTISODCHILARI" jamoasi fakultetda mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi va ta'tildan so'ng o'tkazilishi kutilayotgan "Munozara" o'yinining institut bosqichida fakultet nomini himoya qilish uchun yo'llanma olishdi. Final o'yinlarini yuqori saviyada o'tishida 103- guruhning 3 nafar spikeri Ro'ziyeva Shahina, Mahmudova Nargiza, Habibullayeva Lobar va 101-guruhning 3 nafar spikeri Nazarov Shohjahon, Nasullayeva Yoqutoy, Iskandarov Hayitboy katta hissa qo'shishdi.

Eng kuchli notiqlardan iborat jamoalar har bir o'yin uchun alohida mavzuda tasdiq va inkor pozitsiyada tayyorgarlik ko'rgan holda o'z pozitsiyalarini himoya qildilar. O'yinlar juda ko'tarinki kayfiyatda, qiziqarli ruhda o'tdi. Mavzular ekologiya, turizm, aniq fanlar, urbanizatsiyaga daxldor bo'ldi.

Munozara o'yinlar bo'yicha tajribali talabalar va magistrlar Normurodov Shahzod, Ozodov E'zoz va Xolova Sarvinoz har bir o'yinda odil hakam vazifasini bajardilar. Fidoiy hakamlarga, 8 ta jamoadagi barcha zukko ishtirokchilarga va shunchaki fakultet e'lonlar doskasidan yoki fakultet telegram kanali (@IM_fakulteti)dan ma'lumot olib ixtiyoriy tomoshabin bo'lib kelgan qiziquvchan talabalarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

3-TTJ  "Iqtisodiyot va Menejment" fakulteti talabalar kengashi sardori Jahongir Saidahmedov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.