Muzeylar - tarix ko‘zgusi

Muzeylar - tarixning sirli xilqatlarini o‘zida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi ko‘prik hisoblanadi. Shu bilan birga xalqning ma’naviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ham muzeylarning o‘rni beqiyos. Shu sababli YUNESKO tomonidan 1977 yilda 18 may - Xalqaro muzeylar kuni sifatida e’lon qilingan.

Ushbu kun munosabati bilan “Gidromelioratsiya” fakulteti SXM ta’lim yo‘nalishi 104-guruh talabalari guruh murabbiyi, dotsent S.Buriev boshchiligida O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Talabalar tashrif davomida  Amir Temur va temuriylar davriga oid qo‘lyozma asarlar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, tangalar, sopol va mis buyumlar, me’moriy bezak qoplamalari, kitoblar, etnografik buyumlar, yurtimiz rassomlari asarlari kabi nodir eksponatlar bilan tanishdilar.

104-guruh murabbiyi, dotsent Salimjon Buriev axboroti