Ayol! Beixtiyor ko‘z o‘ngimizda go‘zallik, vafo, sadoqat, bardosh, mehr-muhabbatga to‘la qalb egasi gavdalanadi. Bahorning ilk kunlaridanoq, munis onajonlarimiz, lobar va dilbar opa-singillarimizning go‘zal ayyomlari 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami yurtimizning barcha go‘shalarida, har birimizning xonadonimiz va qalbimizda ko‘tarinki bir ruhda, o‘zgacha bir qiyofada nishonlanadi. Xuddi shu singari institutimizda ham 8 mart - xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Muqaddassan ayol” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut rektori, professor Umurzakov O‘ktam Pardayevich ochib berdilar. Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga o‘tildi. Tadbirda qator el suygan san’atkorlar, Xalq shoirlari ishtirok etishdi. Xususan, O‘zbekiston Xalq shoiri Maxmud Toirning ayollar vasfini madh etgan she’rlari barcha ayollarimizni yanada shod etdi.
Tadbirga tashrif buyurgan “Surxon” guruhi, yosh umidli xonanda Alisher Turdiev, jozibador san’atkorimiz Guli Asalxo‘jaevalarning chiqishlari bayram ruhiga ruh qo‘shdi.
Institutimiz talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari barcha tadbir mehmonlarini olqishiga sazovor bo‘ldi.
Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i D.Siddiqova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov