Bugun 5 aprel 2018 yil institutimizning G o‘quv binosi 601 auditoriyada “Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish va ularning texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi Adiljan Atajanov Usenovichning “Yopiq gorizontal drenaj va kollektorlar tizimida tozalash (yuvish), ta’mirlash ishlarini bajarish loyihasini tuzish” mavzusidagi amaliy mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotga ekspert sifatida TIQXMMI qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi Muratov Oqilbek Ashirbekovich, “Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish va ularning texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda institut O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Toshevalar ishtirok etishdi.
Amaliy mashg‘ulotni o‘qituvchi Drenajning muddatidan oldin ishdan chiqishiga olib keluvchi sabablarini aytib o‘tdi:
Drenajning muddatidan oldin ishdan chiqishiga olib keluvchi loyihalashtirishdagi hatolik ob’ektining tabiiy sharoitining hamda qo‘llaniladigan materiallarni yetarlicha inobatga olinmaganligiga bog‘liq (quritishda torfli gruntlarning cho‘kishi, oquvchan va qumli gruntlarda drenalarning cho‘kma bosish xavfining yuqori darajadaligi, plastmassa quvurlarning aylanib, buklanib qolishi);
Bunday xatolarni ogohlantirish uchun drenaj qurish va undan foydalanish tajribalarini diqqat bilan o‘rganish zarur, mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda loyihalarni mukammal ekspertizadan o‘tkazish kerak.
Amaliy mashg‘ulotda o‘qituvchi talabalarga tarqatma materiallar tarqatib mashg‘ulot o‘tkazishdi, yaxshi natijaga erishilgan talabalarga yuqori baholar bilan baholandilar.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti