Alisher Navoiyning navobaxsh ijodiyoti necha asrdirki, avlodlardan avlodlarga o‘tib ularga ma’naviy oziq va o‘git berib kelmoqda.
2018 yil 10 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi o‘qituvchi xodimlari Abduvohid O‘razkeldiev, Xurshid Lapasovlar Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazishdi.
Buyuk kishilar o‘zi tug‘ilgan yurtni, millatini o‘z mehnati, betakror ijodi, jasorati bilan dunyoga tanitadi. Xalqi va yurtining faxriga aylanadi. Ular o‘z nomi bilan butun bir xalq, Vatani sharafini mangulik sahifasiga muhrlaydi. Shukrlar bo‘lsinki, o‘zbekda bunday cho‘qqilar oz emas. Ularning biri Alisher Navoiy bo‘lsa, ikkinchisi Zahiriddin Muhammad Boburdir. Bu ikki zot jahon adabiyotining ulug‘ namoyandalaridan biridir.
4 –TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov