Nazariyot va amaliyot omixtaligi

Hozirgi kunda, davr talabiga javob beradigan mutaxassisni tayyorlashda amaliyotni va nazariyani bir biri bilan bog‘liq xolda olib borish katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 205- va 211 - guruh talabalari uchun amaliyotni birinchi kunidanoq, mutaxassislik bo‘yicha joylardagi holatni bilishga, anglashga hamda soha bo‘yicha bilimini charxlashga haqiqiy imkoniyat yaratildi desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

 

Talabalar 2018 yil 6 may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan kunidanoq hafta davomida (7-13 may kunlari) malakaviy amaliyot o‘taydigan Sirdaryo viloyatidagi suv xo‘jaligi ob’ektlari rejasi bilan  to‘liq tanishishdi va o‘zlarining fikrlarini bildirganlari holda amaliyotni tashkil qilgan Institut rahbariyati va “Quyi Sirdaryo” ITXB mutaxassislariga katta minatdorchiligini bildirishdi.

Talabalarning ta’kidlashicha, amaliyot yuqori darajada tashkil qilinishining muhim xususiyatlari bu: 1) Aniq reja asosida maqsadga yo‘naltirilganligi; 2) ob’ektiv-hissiy xarakteri; 3) yosh bo‘lajak mutaxassis  kasbiga qiziqishning uyg‘onishi; 3) amaliyotga soha bo‘yicha yetuk professor-o‘qituvchilarning va joylardagi mutaxassislarning  jalb qilinganligidir.

Talabalarning Mirzaobod tuman irrigatsiya bo‘limida ishning tashkil qilinganligi, bo‘lim tasarrufidagi kanallar, jumladan D-3 (Do‘stlik-3) kanali  to‘g‘risida to‘liq ma’lumotning berilishi hamda suv hisob kitobining talabalar tomonidan amalga oshirilishi katta ahamiyat kasb qildi. Shu bilan bir qatorda kanalning umumiy uzunligi bo‘yicha suv isrofiga sabab bo‘layotgan bir qator sabablarni mutaxassislardan eshitishdi.

 

Tumandagi kanallar va fermerlar tomonidan qo‘llanilayotgan suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari bilan amaliy tomondan to‘liq tanishishga imkoniyat yaratildi. Amaliyot davomida tuzilgan reja asosida ishlarning tashkil qilinishi natijasida kelgusida mutaxassislik fanlaridan beriladigan nazariy bilimlarga poydevor yaratiladi deb bemalol ta’kidlash mumkin.

  

 

 

Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Baxtiyar Matyaqubov axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.