Salomatlik – kelajak garovi

Fakultetda talaba – yoshlarni ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasini boyitish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda va buning uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Shu qatorda joriy yil 1 iyun kuni V bino 8 o‘quv zalida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ilmiy xodimlari Ibodov Bekzod hamda Tursunov Muhammaddilshodlar ishtirokida  QXM fakulteti 2 – bosqich talabalariga “Sog‘lom turmush tarzi” va “Salomatlik – kelajak garovi” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.

Institutimizga tashrif buyurgan shifokorlar tadbirda talabalarga mavzu bo‘yicha chuqur boyitilgan ma’lumotlar asosida tushunchalar berdilar.

Tadbir qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi va talaba – yoshlarni qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar berildi. Tadbirla 174 nafar talaba – yoshlar ishtirok etishdi.

 

QXM fakulteti Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha

 dekan  o‘rinbosari  I.Raximov axboroti