Institut rektorining 12.03.2018 yil 144/af-sonli “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan institutda ommaviy tadbirlar o‘tkazish va havfsizlikni ta’minlash to‘g‘risida”gi bo‘yrug‘ida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, 2018 yil 26 mart kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetining “Gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Hakimova murabbiylik guruhidagi talabalari bilan qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayyohat uyushtirishdi.
Sayohatchilar Registon maydonida bo‘lib, Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori Mir Shaxi Zaminda madrasalari bilan yaqindan tanishdilar va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning xaykali poyiga gulchabar qo‘yildi. Shahar bo‘ylab sayohat chog‘ida Go‘ri Amir maqbarasi va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning tug‘ilib o‘sgan xonadoniga tashrif buyurib, qur’on tilovat qilindi, so‘ng shaharning boshqa tarixiy obidalari va diqqatga sazovar joylarida bo‘ldilar. Sayohat davomida institutimiz talabalari jaxonning sayqali deb e’tirof etilgan Samarqand shaxri umuman yurtimiz tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Institutimiz talabalari Samarqandan yaxshi taasurotlar bilan qaytishdi.