Xo‘jalik markazlari va ishlab chiqarish bo‘limlarini joylashtirishni iqtisodiy asoslash

         Hududni tashkil etishni takomillashtirish, asosan, kapital xarajatlar (aholi yashash joylarini, chorvachilik fermalarini, energiya, issiqlik, gaz, suv ta’minotlari ob’ektlarini va boshq. qurish uchun) bilan bog‘liq. Shuning uchun bunday holatda yer tuzish samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilingan investitsiyalar (xarajatlar) samaradorligi bilan aniqlanadi.

 

         Shu mavzuda bugun Yerdan foydalanish kafedrasi assistenti Abduqodirova Sanobar Nuralievna Ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.

O‘qituvchi talabalarni guruhlarga bo‘lib, har bir guruh talabalariga alohida topshiriqlar berib dars jarayonini boshladi. Talabalardan o‘zlariga berilgan topshiriqlarni tez va aniqlik bilan bajarish talab qilindi. Mavzu so‘ngida talabalar o‘z fikrlarini klaster usulida bayon qildilar. Talabalar foalligiga qarab baholandilar. Dars qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Kafedra professor-o‘qituvchilar mavzu hamda dars o‘tilish uslubi xaqida o‘zlarining fikrlarini bayon qildilar.

 

                                                        O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi                                                              Maftuna Tosheva axboroti