“Central Asia–2018. FAN, TA’LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XII Xalqaro konferensiyasi

2018 yil 18-20 aprel kunlari Surxondaryo viloyatining Temiz shahrida  “Central Asia–2018. FAN, TA’LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XII Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Surxondaryo viloyati Yoshlar markazining foyesida  Xalqaro konferensiya doirasida mamlakatimizdagi matbaa korxonalarining mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda respublikamiz nashriyotlari tomonidan chop etilgan kitoblar, albomlar, jurnallar va boshqa matbaa mahsulotlari keng namoyish etilmoqda. Kitob ko‘rgazmasida yangi nashr etilgan mahsulotlar – bolalar kitoblari, jurnallar, ensiklopediya va lug‘atlar, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar namoyish etildi.

Konferensiyada TIQXMMI Axborot-resurs markazi xodimlari ARM direktori v.b. Sh.E.Tillashayxova va bo‘lim mudiri  Sh.X.Nurmatova ishtirok etdilar.

Konferensiyada  Koreya Milliy kutubxonasi raqamli kutubxona bo‘limi direktor o‘rinbosari Insuk Kim, Gordon hukumat Kolleji, Ravalpindi (Pokiston) professori Naushaxi Arif, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari universitetining professori, texnika fanlari doktori Marat Rahmatullaev, Janubiy Koreyaning LG CNS kompaniyasi «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi menejeri Tomas Kim,  Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘linmasining davlat ommaviy ilmiy-texnikaviy kutubxonasi ilmiy kotibi Oksana Makeeva, Eron Milliy kutubxonasi va Arxivi direktor o‘rinbosari Gxolamreza Amirxani,  “B.N.Elsin nomidagi Prezident kutubxonasi” FDBM, lingvistik va dasturiy ta’minotini rivojlantirish bo‘limi rahbari  Yuliya Selivanova, Rossiya davlat kutubxonasi, ilmiy-uslubiy faoliyat Boshqarmasi boshlig‘i, axborotlashgan jamiyatda kutubxonalar rivojlanishi masalalarini  o‘rganish Markazi mudiri Irina Tikunova, Tojikiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari Gadobek Mahmudov, Nazarbaev universiteti kutubxonasi direktor o‘rinbosari Lapo Petr, “B.N.Elsin nomidagi Prezident kutubxonasi” FDBM, lingvistik va dasturiy ta’minotini rivojlantirish bo‘limi Bosh metodisti Lyubov Zavyalova, Markaziy ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasining muhandis-dasturchi Vasiy Stelleskiy , hamda  O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarining ARM va AKM rahbarlari va xodimlari ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiya  yakunida ishtirokchilar kelajakda O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga oid qarorlar qabul qildilar.

 

                       Axborot-resurs markazi direktori v.b.  Sh.E.Tillashayxova