She’rdan zavq olmagan kim

Muntazam ravishda haftaning har dushanba kuni tashkil etib kelinayotgan “Ibratli ijodkor insonlar” ruknidagi navbatdagi tadbirimiz “She’riyat taqdirimda” nomlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo‘limi rahbarining o‘rinbosari, “Shuhrat” medali sohibi, iste’dodli shoir Botir Ergashev ishtirok etdilar. Ular institut mehmonimiz bo‘ldilar.

Botir Ergashev she’rlarida muhabbat, diyonat, go‘zallik va yorug‘lik tarannum go‘zal va yorqin bo‘yoqlarda aks etgan. Ma’lumki, Botir Ergashevning she’rlari elimizga manzur va maqbul bo‘lgan san’atkorlar – Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitovna, Abdurashid Yo‘ldoshev, Zulayho Boyxonova, Munojot Yo‘lchieva, Ziyoda Qobilovalar tomonidan qo‘shiq qilib kuylanmoqda. Ularning aksariyati allaqachon xalqimizning diliga jo bo‘lmoqda.

Ustoz, moderator Rahimboy Jumaniyozov tadbirni boshlanishidan oldin Botir Ergashev haqida muxtasar ma’lumot berib va shoir tomonidan yozilgan she’rlarning bir nechtasini o‘qib eshittirdilar. Shundan so‘ng  mehmon sahnaga chorlandi.

Botir Ergashev shoir ko‘nglidagi xalq dardini  qalam  va qog‘oz bilan sirlashishni mahorat bilan uddalay oladigan iste’dodlardandir.

Tadbir davomida xalqimizning ko‘nglidan joy olgan san’atkorlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz tashrif buyurib shoirning she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlarini ijro etib, tadbir ishtirokchilarni benihoya mamnun qildi.

 

Tadbirning so‘ngida o‘qituvchi va talabalar tomonidan shoir o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda eng yaxshi savol sohiblariga shoirning yaqinda chop etilgan “Joning sog‘ bo‘lsin” deb nomlangan kitoblari taqdim etildi.

 

“Gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov