Saylov siylov emas

Saylov bu ishonch, intilish mushtarak maqsadlar yo'lida yoshlarni birlashtirish, faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik demakdir. Shunchaki siylov emas, balki sinovdir bu.
2018 - yil 29 - sentyabr kuni 1- ma’ruza zalida “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar yetakchiligi saylovi bo’lib o’tdi. Saylovni fakultet dekani B.Norov ochib berdi.  
Saylovda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O. Ro’ziboyev va institut “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Berdimurodov hamda  fakultetda tahsil olayotgan akademik guruhlar “Yoshlar ittifoqi” yetakchilari va talaba yoshlarning 83 nafari ishtirokida  “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetining Yoshlar Kengashi hisobot-saylovi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda fakultet dekani Begmat Norov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 5 - iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2017-yil 18 - iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun - mohiyati, shuningdek, o‘tgan o‘quv yilida fakultetda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bugungi kundagi yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, talabalarni bundanda faol bo’lishga chaqirdi. 
Yig‘ilishda shuningdek, institut “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti faoli, saylov komissiyasi a’zosi F.Yusupov so’zga chiqib saylov komissiyasiga kelib tushgan arizalar asosida, fakultet yetakchiligi vazifasini bajarish uchun 3 nafar nomzodlar ro‘yxatini o‘qib eshittirib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng nomzodlarga ochiq ovoz berishlarini ta’kidlab o‘tdi. Nomzodlar o’z saylov-oldi dasturlari bilan yig’ilganlarni tanishtirib o’tishdi.  
Saylov natijasiga ko‘ra, fakultetning 2-kurs talabasi Temirov Suxrobjon Shoxmardon o’g’li fakultet  “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi etib saylandi. Tegishli bayonnomalar to’ldirildi va institut yoshlar ittifoqi BT Kengashiga taqdim etildi.

“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari  Ro’ziboyev Ortiq axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov