2018 yil 27 mart kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti “Pedagogika psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchi xodimlari dotsent Toychi Boyto‘raev va katta o‘qituvchi Zaxro Mirxodjaevalar “22-mart - Xalqaro suv kuni” ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazishdi.
Suv – obihayot, u ham xuddi quyoshdek inson va tabiat uchun juda muhimdir. Suv insonda nafaqat chanqoqlikni qondirish, hayvonot va o‘simlikni oziqlanishi uchungina kerak bo‘lmay, balki mamlakatning iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy rivojlanishida ham muhim rol o‘ynaydi.
Yer sharining 70% i suvdan iborat, uning 97,5 % i – bu sho‘r suv, 2,5% i –chuchuk suv, ya’ni ichimlik suvi, 68,7 % i muzliklardan iborat suvdir. Dunyo bo‘yicha 663 mln. odam suv tanqisligidan qiynaladilar. 20 asrda suvni ishlatish 6 martaga ko‘paydi. Rivojlangan shaharlarda suvning 30% i har-xil sabablar bilan isrof qilinadi.
Birinchi marta suv kunini nishonlash to‘g‘risida 1992 yili Rio de Janeyro shahrida bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhitni muhofaza qilish va rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiyasida gapirilgan edi.
“Halqaro suv kuni” ni nishonlash 1993 yil 22 mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining konferensiyasida 47/193 - sonli rezolyusiyasi bilan belgilangan edi. Shundan beri har yili hamma mamlakatlarda suv kuni nishonlanib keladi.
Xalqaro suv kunining asosiy maqsadlari quyidagilar:
Har yili suv kunini nishonlashda turli shiorlar qabul qilingan: “Suv resurslari va mehnatni tashkil etish”, “Suv va energiya”, “Shaharlar uchun suv”, “Suv hammaga yetadimi?”, “ Tabiat va suv”, “ Suv va inson salomatligi”, “Suv resurslari va favqulodda hodisalar”, “Suv tanqisligi muammolarini hal qilish chora-tadbirlari” va bir qator boshqa shiorlar qabul qilingan.
Bizning mamlakatimizda ham suvni tejab ishlatish, ichimlik va daryo suvlarini reja asosida ishlatish yuzasidan bir qator muhim tadbirlar ishlab chiqilgan va ular asosida ishlar olib borilayapti.
Aholi o‘rtasida ham targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari muntazam olib borilyapti. Suvni tejash va uni isrof qilmaslik har birimizning burchimizdir.
4–TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov