“Ommaviy madaniyat” ta’siriga tushgan kimsaning yurish-turishi, yashash va qarashlarida o’zgarishlar paydo bo’ladi. Jamoa qabul qilmagan allambalo kiyimlarni kiyish orqali go’yoki o’zini “original madaniyatli” deb boshqalar shunday o’ylasin degan bo’lmag’ur tasavvurlar bilan yuradi. Shu holatni o’ziga kasb va odat qilib olgandan keyin uning buzg’unchiligi yonidagi yoshlarga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Shunday ekan, uning zararli oqibatlari haqida talabarga tushuncha berish, buning mentalitetimizga zid ekanini uqtirish foydadan xoli emas.
2-Talabalar turar joyi ma'naviyat xonasida tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom Muxiddinovna tashabbuslari bilan GTQ fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Azimov A'zam Ismoilovich va navbatchi oqituvchilar GIM kafedrasi dotsenti I. J, ET va QTEM kafedrasi assistenti Babayev A.G . bilan birgalikda "Ommaviy madaniyat" mavzusida davra suhbati bo’ldi. Tadbirda GTQ va GIM fakulteti talabalari o’z savollari bilan faol qatnashishdi.
2 - TTJ tarbiyachi- pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom Muxiddinovna axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov