M.Ulugbek tumani, Chust ko‘chasi 1-uyda joylashgan “Platforma” o‘quv markazida tashkil etilgan treningda qatnashgan “Qishloq xo‘jalik mashinalari” kafedrasi assistenti A. Borotov 2019 yil 15 may kuni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol usullari to‘g‘risida taqdimot qildi. Bunda “Qishloq xo‘jalik mashinalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Taqdimotda interfaol usullaridan “Suqrot muloqati”, “Baxs-munozara”, “Muzyorarlar” va “Ish vaziyatlarni o‘rganib chiqish” usullari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Kafedraning professor-o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob va kerakli ma’lumotlarni oldilar.