Institutimizda yaxshi an’anaga aylanib ulgurgan ustoz - shogird an’analari barcha talabalar uchun judaham quvonarlidir. Ustozlar va murabbiylar o`z bilim va ko`nikmalarini shogirdlariga ulashishdan charchamaydilar. Professor o`qituvchilar talabalarni chet el grantlari va turli ilmiy ishlarga jalb qilib talabalarning keyingi faoliyatlarida katta ko`nikma hosil qilmoqda.
Shunday o`qituvchilardan biri “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti o`qituvchisi Muxitdinov Djamaliddin Kamalitdinovichdir.
Yaqindagina uztoz bir guruh institutimiz talabalari Suleymanova Munira, Bekjanova Zahro, Jurayeva Matlubaxon, Xikmatullayeva Zarinalar bilan birgalikda Rossiyaning “Internauka” jurnalida o`zlarining “Absolyut nuqta izlovchi zamonaviy geodezik asbob Leica AT930/960” nomli maqolasi bilan ishtirok etishdi. Mazkur jurnal shu yilning 16-iyun kuni chop etildi. Ushbu maqola bu talabalarga o`z ilmiy ishlarini olib borishda ilk qadam bo`lib xizmat qilishiga shubha yo’q.
YRB fakulteti o`qituvchisi O`.P.Islomov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.