Talabalar uylariga kuzatildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 martdagi maxsus yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda institut talablari xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida 2020  yilning 16-17 mart kunlari institut talabalar turar  joyida yashovchi talabalarni doimiy istiqomat qiladigan uylariga kuzatish ishlari amalga oshirildi. 16 mart kuni  O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi tomonidan ajratilgan 5 ta so‘nggi rusumdagi zamonaviy avtobuslar talabalar turar joyiga yetib keldi. Ro‘yxat asosida jami 247 nafar talaba Toshkent-Urgench, Toshkent-Qorako'l, Toshkent-Qarshi, Toshkent-Samarqand, Toshkent-Termez yo‘nalishlarida respublika yo‘l-patrul xizmati mas’ul xodimlari kuzatuvi ostida o‘z viloyatlariga kuzatildi.

 

Shuningdek, 16-17 mart kunlari 3-talabalar turar joyida O‘zbekiston temir yo‘llari davlat AKning ko‘chma kassasi tashkil etilib uzoq viloyatlarga ketuvchi talabalar uchun temir yo‘l chiptalari savdosi yo‘lga qo‘yildi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati