O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora– tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135–F–son farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 13-yanvar kuni Mudofa vazirligi tasarrufidagi Sergeli tumanida joylashgan 22418 xarbiy qismiga institut raxbariyati va jamoat tashkilotlarining tashrifi uyushtirilib xarbiy xizmatchilarni “Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan tabriklandi. Ularga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati nomidan badiiy adabiyotlar va sport anjomlari sovg‘a qilindi.
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor
t.f.n., dots.Shovazov Qodirjon Achilovich