Hamkorlikdagi seminar

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida  2019 yil 22 mayda “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi va Ispaniya davlatining sug’orma dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Western” kompaniyasi bilan hamkorlikda ilmiy seminar o’tkazildi.

 

Ilmiy seminarda professor-o’qituvchilar, talabalar, klassterlar rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirok etdi. Seminarda so’z olganlardan “Western” kompaniyasi vakillari Daniel Fernandez, Fileppe Reylar va Suv xo’jaligi vaziri o’rinbosadi Mamutov R. o’zlarining sohaga oid mazmunli taqdimoti bilan qatnashishdi.

Seminar ko’tarinki ruhda savol-javob va muzokaralarga boy tarzda o’tkazildi. Mana shunday ilmiy seminarlarning o’tkazilishi sohaning rivojlanishi, professor-o’qituvchilar va talabalarning bilim va ko’nikmalarini oshirishiga xizmat qiladi.

 

“Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi assistenti Musayev Komil Usanovich axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov