Xotirlash muhri

Dunyoda ko‘p narsa unutiladi, lekin vatan va xalq taqdirida muhim rol o‘ynagan insonlar nomi mangulikka muhrlanishi aniq. Ularni yod etish, ruhini shod etish qarzdorlik hissidandir.

“O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi PQ-2744-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Islom Karimovning 80 yoshlik yubiley marosimlarini keng targ‘ib qilish muhim ijtimoiy hodisa va muqaddas burchimizdir.

Ana shu maqsadda 2018 yil 29 yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida tarix fanlari doktori professor Anvar Yuldashev va  tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar tomonidan  “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov - ma’naviy jasorat soxibi” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi.

Davra suxbati talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mavzu  bo‘yicha ular  tomonidan berilgan savollarga batafsil  javoblar  berildi.

4-sonli TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov