Yangi asr ko‘nikmalari

“Learn and Create” nodavlat ta’lim muassasi rahbari Islomov Alisher o‘z xodimlari bilan birgalikda, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich 1-6 guruh talabalariga «XXI asr ko‘nikmalari» mavzusida interfaol usullar bilan seminar-trening o‘tkazdi.

  

Ushbu treningda bitiruvchi talabalarni olgan nazariy bilimlarini amaliyotda, ishlab chiqarishda qo‘llash usullari va imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bunda XXI asrda barcha sohalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ko‘nikmalar haqida, jumladan, muloqot, kreativlik, ijodiylik, jamoada ishlash, taqdimot va boshqa ko‘nikmalar haqida to‘xtab o‘tildi. Ushbu mavzu talabalarda juda katta qiziqish uyg‘otdi, ular shiddatli o‘zgarishlar davriga munosib mutaxassis bo‘lib yetishish uchun nimalar ustida ishlashlari kerakligini bilib olishdi.

Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savol berishdi va savollariga to‘liq javoblar olishdi.

 “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri, dotsenti  B.Suvanov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov