26 fevral 2 juftlik institutimizning G o‘quv binosi 3 zalida Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi dotsenti Nurjanov Soatbay Yeshjanovich 2 kurs 4-5-6- guruh talabalariga «Yer osti suvlarining tarkibi va xossalari mavzusida» Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ochiq ma’ruzada Qarshi Muxandislik iqtisodiyot instituti o‘qituvchisi Shavkat Jo‘rayev, O‘quv metodika boshqarmasi xodimasi Maftuna Tosheva, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimi Zoxid Mamatqulov hamda Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ma’ruza o‘qituvchi talabalarga: Yer osti suvlari kimyoviy tarkibining shakllanishida yuz beradigan muhim jarayonlar, yer osti suvlarining fizik xossalari hamda suvlarning sifatini ichish va sug‘orish maqsadlarida baholashni bosqichma-bosqich tushintirib o‘tdi. Mavzu so‘ngida talabalarning savollariga asosli javoblar berildi. Talabalar mavzu bo‘yicha o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishdi hamda tabiiy suvlar ifloslanishida ko‘p hollarda hayvonot va o‘simliklarning buzilishi, chirishi natijasida xosil bo‘lgan organik moddalar bilan boyib ifloslanishi holatlarini tahlil qilib chiqdilar.