Butun dunyodagi vatandoshlarimizni ahillik, do‘stlik va hamjihatlikka chorlagan "Yosh vatandoshlar festivali"joriy yilning 12-aprel kuni “Yoshlar ijod saroyi” binosida O’zbekistonda ilk bor o’tkazilayotgan “Yosh vatandoshlar” festivalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Unda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va uning o’rinbosarlari, chet eldan tashrif buyurgan yosh vatandoshlarimiz, O’zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligida tashkil etilgan tashkilotlar rahbarlari, faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Marosim avvalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev nutq so'zlab, yoshlarni oldinda ajoyib sayohatlar, qiziqarli bahs-munozaralarga boy madaniy-ma’rifiy dasturlar kutayotganligini aytdi.
Butun dunyodagi vatandoshlarimizni ahillik, do‘stlikka chorlashni maqsad qilgan “Yosh vatandoshlar” festivali har bir ishtirokchining qalbidan munosib joy egallashiga ishonch bildirdi.
Turli yo‘nalishlar bo‘yicha festivalning faxriy mehmonlari boshchiligidagi mahorat darslaridagi ishtirokda yoshlarimiz yurtimiz rivojiga hissa qo‘shadigan g‘oya va takliflari bilan o‘rtoqlashishlarini so’radi.
Festival doirasida o‘tkaziladigan dasturlarda yoshlar do‘stlashib, ko‘zda tutilgan uch yo‘nalish: tadbirkorlik, fan-ta’lim va texnologiyalar hamda turizm sohalarida qizg‘in suhbatlar qurishini,yangidan yangi g‘oyalardan yaralgan takliflarni o‘rtaga tashlashi kerakligini alohida ta’kidladi.
Barchada qiziqish uyg’otgan festival ko’tarinki ruhda boshlanib, unda 3 guruhga bo’lingan holda tadbirkorlik, turizm, fan-talim va texnologiyalar mavzulari bo'yicha sessiya taqdimoti namoyish etildi.
Taqdimot namoyishida “O'zbekistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish”, “O'zbekistonda arxitektura kelajagi”, “O'zbekistonda barqaror hamkorlik uchun asos”, “Biznes – O'zbekistonda investitsiya iqlimi” hamda “Sayyohlarni turizmga jalb etish yo’llari”, “IT-loyihalarni boshqarishda eng muvaffaqiyatli mexanizmlar”, “O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanish istiqbollari” kabi qator mavzular keng muhokama qilindi.
Bundan tashqari “Zarqaynar” majmuasida yosh dizaynerlarning milliy liboslar kolleksiyalari namoyishi o’tkazildi. Ushbu festival ochilish marosimida institutimiz yoshlar ittifoqi 45 nafar faol talabasi ishtirok baxtiga muyassar bo’lishdi hamda talabalar “Yosh vatandoshlar” bilan tanishishdi va ular bilan suhbatda bo’lishdi.
Institut yoshlar yetakchisi – Akmal Berdimurodov ma’lumoti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.