2018 - yil 1 - may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Saltanat Kasimbetova, assistentlar Gulnora Axmedjanova, Maxbuba Xayitova, Davron Yulchiyev va tayanch doktorant Javlon Ishchanov hamda tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar “Yoshlarning Chet elda tahsil olishlari, Stipendiya va tanlovlarda qatnashish shartlari haqida” davra suhbati o‘tkazishdi.
Institut xorijiy davlatlarning (Rossiya, AQSH, Sloveniya, Slovakiya, Xorvatiya, Chexiya, Germaniya, Vengriya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Litva, Buyuk Britaniya, Fransiya, Polsha, Niderlandiya, Shvetsiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya, Yaponiya, Ukraina, Qozog’iston, Аfg`oniston, Qirg’iziston, Tojikiston) 50 dan ortiq universitetlari, 20 ga yaqin ilmiy-tadqiqot markazlari, tashkilot va kompaniyalari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatgan bo’lib, ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi, kelishuv va memorandumlari imzolangan.
4 - TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.