Zamonaviy geodezik asboblarni ishlab chiqarishda qo‘llanilishi

Sohalar tizimlari uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 17 fevral kuni “O‘zbekiston geoaxborot shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy tadqiqot instituti” yetakchi mutaxassisi Ten Yura tomonidan TIQXMMIning “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilariga “Zamonaviy geodezik asboblarni ishlab chiqarishda qo‘llanilishi” mavzusida Muammoli – ma’ruza o‘tkazildi. Bunda, yangi zamonaviy asbob-uskunalarni ish jarayonidagi qo‘llanilish tartiblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni misollar orqali yoritib berildi.   

  

Geodeziya va geoinformatika kafedrasi

katta o‘qituvchisi Sarvar Abduraxmonovning axboroti