Musobaqalar oldidan qo‘rquv va hayajon jamoalarni xavotirga soladi. G‘alaba esa ularning quvonchiga quvonch va ko‘tarinki kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik baxsh etadi. Xolislik va odillik bilan o‘tkazilgan o‘yin, hakamlar hay’atining ana shu aqidaga sodiqligi ham haqiqat va adolatni yuzaga chiqaradi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “TARG‘IBOT” jamoasi joriy yilning 16-dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan Respublika miqyosidagi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichida munosib ishtirok etdi.
Respublikamizning ilg‘or oliy o‘quv yurtlaridan tashrif buyurgan jamoalar bilan g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashishdi. O‘yin natijasiga ko‘ra institutimizning “TARG‘IBOT” jamoasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tanlovgacha har bir jamoa vakillari o‘yinning qay tarzda raqobat bilan o‘tishini sezar edi, shu munosabat bilan jamoalar jiddiy tayyorgarlik ko‘rishdi. Xususan, “TARG‘IBOT” jamoasi ham.
“TARG‘IBOT” jamoasining sodiq muxlislari doim faol! Intizorlik bilan kutilgan o‘yin boshlandi!
Jamoalar shartlarni qoyil maqom tarzda uddalashdi.
“TARG‘IBOT” jamoasi har bir shartda o‘zgacha tarzda chiqish qilishdi.
Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi jamoaga zavq bag‘ishlab turdi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 16-dekabrda Respublikamizning 82 ta oliy o‘quv yurtlari orasidan eng munosib deb topilgan 5 ta jamoa “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan “QVZ” Respublika ko‘rik-tanlovida o‘zaro bahs olib bordi. Xususan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “TARG‘IBOT” jamoasi ham o‘zining bir - biridan qiziqarli chiqishlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lishdi. Jamoamizning tashkiliy ishlariga o‘z hissasini qo‘shgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ma’muriyatiga, institut Kasaba uyushmasiga hamda institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga talabalar nomidan o‘zlarining samimiy minnatdorligini bildirishdi.
Yoshlar ittifoqining institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Akmal Berdimurodov axboroti
Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov