Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi

Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi. Buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining atoqli farzandi Islom Karimov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti sifatida istiqlol yillarida mamlakatimizni jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, mustaqil va mustahkam davlatga aylantirdi. Birinchi Prezidentimiz boshlab bergan olamshumul islohotlar bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev rahnamoligida shiddat bilan, izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan “Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Botirov va fakultet yoshlar yetakchisi F.Maxmudov hamda 1-kurs faol talabalari 30 yanvar kuni “Islom Karimov” nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuaga tashrif buyurdilar. Talabalar mazkur memorial majmuada Birinchi Prezidentimiz sharafiga qad ko‘targan haykal poyiga gul qo‘ydilar. Ayniqsa, birinchi kurs talabalari uchun birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali poyiga gul quyish ularga zavqu-shavq bag‘ishladi.

“Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Botirov axboroti

Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov