O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 27 dekabr kuni o‘tkazilgan mamlakat yoshlari bilan uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 31 yanvar kuni "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakulteti talaba-yoshlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olgan fakultet dekani B.Norov, hamda "Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti G.Xudoyberdievalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 27 dekabr kuni o‘tkazilgan mamlakat yoshlari bilan uchrashuvdagi ma’ruzalari va 2020 yil 24 yanvardagi “Oliy Majlis Senatiga Murojaatnomasi” dan kelib chiqadigan vazifalar, ularning mazmun-mohiyati, huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalari, respublikamizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘z yuritdilar.
Xulosa o‘rnida aytganda, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga bugunning eng muhim vazifalaridan biri sifatida qaratilayotgan ekan, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarda hammamiz birdek faol ishtirok etishimiz kerak. Zero, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, ongi, tafakkuri, e’tiqodi mustahkam bo‘lgan, o‘z mustaqil fikri bilan yashayotgan odamni chalg‘itib ham, kimlardir xohlagan tomonga og‘dirib ham bo‘lmaydi.
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov