Xalqimizning ardoqli farzandini xotirlab

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana - 30 yanvar kunini keng nishonlash belgilangan. Joriy yilning 31 yanvar kuni mamlakatimizning birinchi Prezidentining tug‘ilgan kunlari munosabati bilan "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining dekani Sh.Narbayev boshchiligida fakultet dekan muovinlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari Oqsaroy qarorgohida, sayohat uyushtirishdi. Birinchi Prezidentimizning serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonga asos solgan, xalqimiz mehrini qozongan, xalqaro miqyosda tan olingan davlat va siyosat arbobi edi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori va tegishli qarori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, hurmati joyiga qo‘yildi.

 

Shuningdek, birinchi prezidentimizning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1-talabalar turar joyida joriy yilning 30-31-yanvar kunlari birinchi prezidentimiz Islom Karimovning 82 yillik tavalludiga bag‘ishlab, Fakultet dekani Sh.Narbayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, Yerdan foydalanish kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Sharipov hamda Harbiy kafedra boshlig‘i podpolkovnik Minlishev Rafik Zilyevich, harbiy kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Tagayev Vadim Ismailovich, sikl boshligi podpolkovnik Teshaboyev Tulkinbay Yakubovichlar "Xotirangiz mangu qalbimizda yashaydi", “Biz yoshlar sizning izdoshingiz” nomli tadbirlar o‘tkazishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi edi. Sho‘rolar davrining tazyiqlaridan xalqni qutqarib, necha yillar davom etgan qaramlikdan ozod qilgan, jar yoqasiga kelib qolgan buyuk yurtni qayta tikladi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni e’lon qilindi. Har tomonlama islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mustabidlik davrida unutilgan ajdodlar nomi tiklandi, hurlikka orzumand xalq diniy erkinlikka erishdi. Millionlab yurtdoshlarimiz o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etadigan bo‘ldilar. Tahlikali vaziyat va qiyinchiliklarga qaramasdan qisqa vaqt mobaynida yurtimiz o‘zligiga erishishiga, qadriyatlari tiklanishiga zamin yaratildi deb talaba-yoshlarga ma’lumotlar berishdi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov