Mamlakatimiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralar Islom Аbdugʼanievich Karimov nomi va faoliyati bilan bevosita bogʼliq. Birinchi Prezidentimiz Respublikamiz mustaqilligini qoʼlga kiritishdan tortib, uning taraqqiyoti, jahonda oʼz oʼrni va soʼziga ega davlatga aylanishi yoʼlida yuksak fidoyilik koʼrsatib mehnat qildi. Uning uzoqni koʼzlab yuritgan dono siyosati tufayli Oʼzbekiston qisqa davrda juda katta rivojlanish yoʼlini bosib oʼtdi, mamlakatimiz dunyoga tanildi, oʼz mavqeiga ega boʼldi . Islom Аbdugʼanievich Karimov oʼzining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning koʼp asrlik tarixida oʼchmas iz qoldirdi. U nafaqat Oʼzbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obroʼ-eʼtiborga sazovor boʼlgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi. Birinchi Prezidentimizni xotirlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” fakulteti “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yoʼnalishi 106-guruh talabalari va murabbiysi “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti Rajabov Nurmamat Qudratovich va dotsent Haydarov Tuygʼun Аnvarovichlar bilan birgalikda 2021-yil 30-yanvar kuni Islom Karimov majmuasiga tashrif buyurdi. Islom Karimov haykali qarshisiga kelgan talabalarning koʼzlarida shunday buyuk zot barpo etgan mamlakatning ertangi kuni, hal qiluvchi tayanchi ekanliklaridan faxr va iftixor tuygʼusi mujassam edi.
Darhaqiqat, Yer yuzida tinchlikni saqlashga, xalqlar doʼstligini mustahkamlashga, umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishga qoʼshgan hissasi jahon hamjamiyati eʼtirof etilgan mustaqil Oʼzbekiston davlati asoschisi Islom Аbdugʼanievich Karimovning muqaddas xotirasi har qancha eʼzozga, hurmatga loyiqdir. Islom Karimov xotirasiga bajo keltirilgan hurmatdan soʼng talabalar “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi va shanba dam olish kunini maroqli mazmunli oʼtkazdi.
TIQXMMI matbuot xizmati