Talabchanlikka chorlaydi

Joriy yilning 27-fevral kuni institut pixologi M.K. Muxamedva  3-TTJ talabalari bilan  oilalarni  mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish maqsadida “Oila - muqaddas dargoh” deb nomlangan psixologik tadbir o‘tkazdi. Tadbirda SXTEB, KXM, YeRB fakulteti talaba yigit va qizlari, 3-TTJ pedagog-tarbiyachisi A. Xayitova va YeRB fakultet yoshlar bilan ishlash dekan o‘rinbosari H. Eshovalar qatnashishdi.  Tadbir ”Tashrifnoma” treningi bilan boshlandi. Ishtirokchilarga o‘z ismi va yoqtirgan taomi, mashg‘uloti, filmi guruhi haqidagi ma’lumotni yozish ko‘rsatmasi berildi. Barcha ishtirokchilar yozib bo‘lishgach muhokama qilindi. Treningning maqsadi ishtirokchilarni bir-birlariga tanishtirish va guruhda jipslikni oshirishdan iborat.

2-trening “O‘tkazish” deb nomlanib, barcha ishtirokchiar yonidagi sheriginig ikki yelkasidan tutib, ko‘zlarini yumgan holatda bir-birlariga yaxshi tilaklar bildirib o‘tkazish ko‘rsatmasi berildi. Shundan so‘ng ishtirokilar bir-birlariga qanday tilak o‘tkazishgani muhokama qilindi. “Oila - muqaddas dargoh. Oila mustahkamligini ta’minlash uchun yigitlar qanday, qizlar qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim?”, - degan savol o‘rtaga tashlanib muhokama qilindi.  Bu mashg‘ulotda yigitlar faollikni o‘z qo‘llariga olishdi. Payg‘ambarimiz Muhammad (SAV) hayotlaridagi oilaviy munosabatlar haqidagi rivoyatlardan so‘zlab berishdi. Bu mashg‘ulotdan barcha ishtirokchilar o‘zlariga tegishli xulosa chiqardilar. So‘nggi mashg‘ulot “Kvadrat tuz” deb nomlanadi.

O‘yinning maqsadi ishtirokchilarda mantiqiy fikrlashni kuchaytirish, muammoli vaziyatlarda tez yechim topish ko‘nikmasini rivojlantirishdan iborat. Bunda ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, karton parchalaridan kvadrat tuzish ko‘rsatmasi berildi. Beshta guruhdan uchtasi kvadrat tuza olishdi. Ikkita guruh tuza olishmadi. Talabalar bu o‘yinda juda faol qatnashishdi. Va bugungi mashg‘ulotlar ularga juda yoqqanligi, mashg‘ulot uchun sarflagan vaqtlari zoe ketmaganidan xursandliklarini izhor etishib, tadbir qizg‘in tarzda yakuniga yetdi. 

Institut psixologi M.K. Muxamedova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati