Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalari asosida yangi ishlab chiqarish obyektlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hisobiga yonilg‘i-energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr energetika sohasining asosiy maqsadi hisoblanadi. 2021-yilgacha energetikani rivojlantirishning barcha sohalariga tegishli 52 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining 410a (EE) guruh talabalari O.Qilichov va A.Q.Davirov boshchiligida Uzkabel qo`shma korxonasiga tashrif buyurishdi. Talabalarimiz dars davomida yetarli ma’lumotlarni olishdi.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari “ kafedrasi assistenti Alisher Davirov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati