2021-yil 30-oktabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 3-talabalar turar joyida tarbiyachi – pedagog A.Xaitova tashabbusi bilan talaba qizlar hamda ota-onalar uchrashuvi tashkil qilindi. Talaba qizlarimizning yashash sharoitini o`rganish maqsadida ularning ota-onalari tashrif buyurishdi.
Ular bilan ichki tartib-intizom, kiyinish madaniyati, tozalik, qizlarimizning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish uchun qanaqa shart-sharoitlar yaratilganligi bilan yaqindan qiziqdilar. Ota-onalar bilan suhbatlashib bo`lgach, talabalar turar joyidagi sharoitlar bilan tanishtirib chiqildi. Tikuv to`garaklari, kir yuvish xonasi, tibbiyot xonasi, kompyuter xonalari, kutubxona hamda m`anaviyat xonalari bilan tanishar ekan, bunaqa imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini cheksiz mamnuniyat bilan ta`kidlab o`tdilar. Bunaqa imkoniyatlarni yaratib bergan institut rahbariyati hamda talabalar turar joylari ma`muriyatiga o`z minnatdorchiligini izhor etishdi.
Hamda bunaqa uchrashuvlar tez-tez o`tkazilishi hamda hamkorlikda ishlash kerakligini taklif qilishdi. Talabalar turar joyiga uyushtirilgan kichik sayohatimizdan so`ng, talaba qizlarimiz o`z qo`llari bilan pishirgan har xil noz-ne`matlar dasturxonga tortildi. Qizlarimiz o`zlari pishirgan tansiq taomlar, salatlar, pishiriqlardan tanovul qilib, bir dasturxon atrofida dildan suhbatlashishdi. Bu tadbir qizlarimizda bir-biriga bo`lgan hurmat, opa-singilchilik, mehmondo`stlik, pazandachilik kabi xislatlarni namoyon qildi. Tadbir so`ngida qizlarimiz bunaqa tadbir va uchrashuvlar tez-tez o`tkazilishi maqsadga muvofiqligini e’tirof etishdi.
3-TTJ tarbiyachi-pedagogi A.Xaitova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati