Institut rektori professor O‘.P.Umurzakov tashabbuslari bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti «Gidravlika va gidroinformatika» kafedrasining professor-o‘qituvchilari 28 fevral kuni Toshkent Temir yo‘l muhandislari institutiga “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasiining faoliyatini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdilar.
Kafedra faoliyatini o‘rganish davomida kafedra qoshida tashkil etilgan “Gidravlika” labaratoriyasining Rossiya Federatsiyasidan keltirilgan dinamik nasos, filtratsiya va kavitatsiya jarayonlarini tadqiqotini bajaruvchi zamonaviy jihoz-qurilmalari, ularning ishlash tartiblari bilan tanishdilar. Shu bilan birga ushbu kafedra tomonidan olib borilayotgan ishlar, ularning yutuqlari va kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashib, professor – o‘qituvchilar bilan o‘zaro tajribalar almashishdi. Ushbu jarayon davomida kafedralar o‘zaro o‘quv rejalar va dasturlarni takomillashtirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, soha bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish borasida kelishuvlarni amalga oshirdilar. Ushbu tajriba almashish professor-o‘qituvchilarni o‘zlarining faoliyatlarini baholashlariga, kelajak rejalarini tuzishlari va fanni rivojlantirishda hamda fanlardan ta’lim berishda sog‘lom raqobatni oshirishga xizmat qiladi.
TIQXMMI matbuot xizmati